Qurilish sohasida innovatsion texnologiyalar haftaligi start oldi

Bugun Innovatsion rivojlanish vazirligida “Qurilish sohasida innovatsion texnologiyalar haftaligi” oʼz ishini boshladi. Mazkur haftalik joriy yilning 5-sentabridan 9-sentabriga qadar davom etadi.

Tadbirda Qurilish vazirligi, “Oʼzsanoatqurilishmateriallar” uyushmasi, “Toshkent arxitektura-qurilish institute” innovatsion mahsulotlar hamda drayver loyihalari bilan ishtirok etmoqda.

2021-2022-yillarda qurilish sohasini rivojlantirish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi hisobidan umumiy qiymati 5,184 mlrd soʼmlik boʼlgan 3 ta amaliy va 1 ta innovatsion loyiha moliyalashtirilgan.