Qurilish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahri Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Arashov Jalol Samandarovich O‘zbekiston Qurilish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Jalol Samandarovich Toshkent shahri Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. Bundan avval esa Qurilish vazirligining boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

May oyida Qurilish vaziri o‘rinbosari Nasrulla Boboyev Toshkent viloyatining Bekobod shahriga hokim etib tayinlangani xabar qilingandi.