Quyosh va shamol elektr stansiyalarini sotib olgan iste'molchilarga kompensatsiya to'lanadi

Joriy yilning 1-oktabridan boshlab, jismoniy shaxslarga Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi hisobidan, respublikada ishlab chiqarilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda quyosh suv isitish qurilmalarini 3 yil mobaynida foizsiz, bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, ushbu qurilmalarni naqd pulga xarid qilgan va o‘rnatgan iste’molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi Jamg‘arma hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Undan tashqari, iste’molchilar bu qurilmalarni mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar, yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar, mahalliy chakana savdo obyektlaridan, elektron tijorat vositalari orqali sotib olishganda, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi yoki yakuniy chakana narxdan kompensatsiya miqdori chegirib tashlanadi.






