Bugun Quyoshda eng xavfli chaqnashlar boʻlishi kutilmoqda

Kecha, 6-aprel kuni Quyoshda chaqnash qayd etildi. TASS xabariga koʻra, bu Yerdagi radialoqalarda uzilish sodir boʻlishiga sabab boʻlgan.
Quyoshdagi chaqnash Toshkent vaqti bilan 10:53 da qayd etilgan va 28 daqiqa davom etgan. Olimlarning fikricha, 7-aprel kuni eng xavfli chaqnashlar sodir boʻlishi va Yerda magnit boʻronlarini qoʻzgʻatishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining kuchiga qarab besh sinfga bo'linadi: A, B, C, M va X. Bugun olimlar eng xavfli — X sinfidagi chaqnashlar sodir boʻlishini prognoz qilmoqda.






