Quyoshda Yerning o'lchami bilan teng bo’lgan dog' paydo bo’ldi

Ta’kidlanishicha, paydo bo‘lgan kichik dog‘ ikki kun ichida 10 martaga kattalashib, Yerning kattaligi bilan taqqoslanadigan o‘lchamga ega bo‘lgan.
Olimlarning qayd etishicha, dog’ Yer tomon yo‘naltirilgan va bu holat, yaqin orada chaqnashlar yuz berishidan dalolat bermoqda. Quyoshdagi bu o’zgarishlar natijasida esa, sayyorada geomagnit bo‘roni yuzaga kelishi mumkin.
Quyosh o‘tgan hafta davomida faolligini ko‘rsatmagan, biroq o‘tgan hafta boshida C va M sinfidagi ikkita kuchli chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada, ikkita plazma oqimi birlashib, Yerga qarab yo‘naltirilgan, bu esa G2 sinfidagi geomagnit bo‘ronni keltirib chiqargan.
Shuningdek, olimlar Quyoshda bir vaqtning o‘zida yana 17 ta chaqnashlarni qayd etgan. Buyuk Britaniya Meterologiya byurosi olimlarining ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi ikki kun ichida oltita faol quyosh dog‘idan bittasi 10 marta kattalashgan.
"AR3085" deb nomlangan quyosh dog‘i dastlab kichik bo‘lgan, biroq tezda kattalashib, Yerning kattaligi bilan tenglashgan.






