Rasman! Oʻzbekistonliklar 21-aprel kuni Ramazon hayitini nishonlaydi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astranomiya institutidan olgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir bo‘lgan (tug‘ilgan).
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini ta’limotlari va mazkur astranomik ma’lumotlarga asoslangan holda diyorimizda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.






