Ramazon hayitida oʻzbekistonliklar necha kun dam oladi?

Aprel oyida Oʻzbekiston aholisi Ramazon hayiti munosabati bilan uch kun dam oladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning dekabr oyida imzolagan farmonida keltirilgan.

Farmonga koʻra, hayit 22-aprel (shanba) kuniga to‘g‘ri kelsa, oʻzbekistonliklar 22-apreldan 24-aprelgacha dam oladi. Agar 21-aprelga toʻgʻri kelsa, 23-aprelgacha boʻlgan kunlar dam olish kuni hisoblanadi.

29 aprel ish kuni sifatida belgilangan.