Rasman 9-iyul Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi

“Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2022-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9-iyul – shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Shuningdek, Prezident farmoniga muvofiq, 2022-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.
Unga ko‘ra, Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam olinadi. Bunda:
• 9-iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
• 10-iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
• 11-iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
• 12-iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.






