Rasman: Toshkent shahar hokimi lavozimidan ozod etildi

Vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik koʼrmagani uchun bugun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, energetika vaziri o‘rinbosari va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi ham lavozimdan chetlatilgan.

Prezident huzurida o‘tayotgan yig‘ilishda o‘z faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi bois energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi Farhod Abduraxmanov lavozimlaridan ozod etildi.

Yunusobod, Mirzo Ulugʼbek, Uchtepa tumanlari hokimlari ham lavozimidan ozod etilib, hokim vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tushirildi. DXX va Bosh prokuraturaga ularning faoliyatini oʼrganish topshirildi.