Ravshan Irmatov Rossiya futbol ittifoqi hakamlik komissiyasining a’zosi bo'ladi

"Спорт Экспресс" nashrining xabariga ko’ra, O'zbekiston futbol assosiatsiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov tez orada Rossiya futbol ittifoqi qoshidagi ekspert-hakamlik komissiyasining doimiy a’zosiga aylanadi.

Hakamlar komissiyasi yanada kengayishi kutilmoqda.

Rossiya futbol ittifoqi bir necha obro'li sobiq sudyalar bilan muzokaralar olib bormoqda, ular kelajakda ekspert-hakamlik komissiyasi a'zosi bo'lishi mumkin.

Ma'lumot o'rnida, 44 yoshli Irmatov faoliyati davomida jahon chempionatida 11 ta o‘yin o‘tkazgan va bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. 2015-yilda u dunyoning eng yaxshi hakami deb topildi. 2019-yil oxirida u hakamlik faoliyatini yakunlagan.