Ravshan Irmatov Rossiya futbol ittifoqi tarkibiga kirdi

Oʻzbekistonlik hakam Ravshan Irmatov Rossiya futbol ittifoqi ekspert-hakamlar qoʻmitasiga aʼzo boʻldi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan irmatov o‘zbek futbol hakami va instruktori, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vitse-prezidenti hisoblanadi. Bosh hakam sifatida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha jahon chempionatlari tarixidagi rekordchi. U o‘n marta O‘zbekistonda yilning eng yaxshi hakami, besh karra Osiyoda yilning eng yaxshi hakami sifatida e’tirof etilgan.

2013-yilda u IFFHS tomonidan dunyoning eng yaxshi 10 hakami qatoriga kiritilgan. 2015-yilda dunyoning eng yaxshi hakami nominatsiyasida "Global Soccer Awards" sovrindori bo’lgan, 2019-yil oxirida esa, u hakamlik faoliyatini yakunlagan.

O‘zbekistonning oliy mukofot va ordenlari sovrindori.