Razvedka maʼlumotlariga kirish mexanizmi qayta koʻrib chiqiladi — Ostin

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin o'z departamentiga yangi hujjatlar sizib chiqishining oldini olish uchun mamlakat razvedka ma'lumotlariga kirish dasturini ko'rib chiqishni buyurdi.

“Men mamlakatimiz sirlarini himoya qilish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha choralarni koʻrishdan tortinmayman. Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun razvedka ma'lumotlariga kirish va nazorat tartib-qoidalarini qayta ko'rib chiqishni buyuraman”, deydi u.

Shuningdek, u mamlakat Adliya vazirligi va Federal Qidiruv Byurosiga Pentagonning maxfiy hujjatlarini tarqatgan gumonlanuvchining tezkorlik bilan qoʻlga olingani uchun minnatdorlik bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan maxfiy hujjatlarda Ukrainaning Rossiyaga qarshi hujumi, Kiyevga qurol yetkazib berish uchun Vashingtonning boshqa davlatlarga qilgan bosimi va boshqa bir qator mavzularga taalluqli maxfiy ma’lumotlar bor edi.