Redmi Note 11 seriyasiga yana bir yangi smartfon qoʼshildi

Xiaomi, Redmi Note 11 seriyasiga mansub boʼlgan yangi Note 11R modelini taqdim etdi. Redmi Note 11R modeli kulrang, qora va koʼk ranglarda taqdim etildi. Ta’kidlanishicha, u faqat Xitoy bozori uchun ishlab chiqariladi.
Qurilmaning narxi esa 4/128GB - 154 dollar, 6/128GB - 168 dollar, 8/128GB - 196 dollarni tashkil etmoqda.
Yangi modelning 4/128GB, 6/128GB, 8/128GB xotiraga ega turi mavjud. Redmi Note 11R modeli Dimensity 700 chipi bilan jihozlangan. U Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobigʼida ishlaydi. Qurilma FullHD+ rezolyutsiyadagi 6.58 dyuymli LCD displeyiga ega boʼlib, 90 gerts yangilanish chastotasini qoʼllab-quvvatlaydi. Shuningdek, old paneldan 5MP selfi kamera oʼrin olgan.
Orqa panelda 13MP asosiy hamda 2MP sath kameralar joylashgan. Ikki kameraning oʼrtasidan esa LED chirogʼi oʼrin olgan. Kamera modulining oʼng burchagida “Redmi“ yozuvini koʼrish mumkin.
Qurilma yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneriga ega. U 5G tarmogʼini qoʼllab-quvvatlaydi. Smartfon 5,000 mАs sigʼimli akkumulyatorga ega boʼlib, uni USB-C porti bilan 18 vatt tezlikda quvvatlash mumkin.






