Reebok ActiveFit 1.0 aqlli soatlarini taqdim etdi

Reebok kompaniyasi ActiveFit 1.0 aqlli soatini taqdim etdi. Model Time Network Swiss GmbH tomonidan ishlab chiqarilgan.
Soat 1,28 dyuymli displeyga ega. Ular pulsni, qondagi kislorod darajasini va qon bosimini kuzatib boradi hamda stress darajasini belgilashga qodir.
Qurilma 15 ta sport rejimini qo'llab-quvvatlaydi. Siz soatdan smartfoningizdagi audio tinglashni va kamerani boshqarishingiz, kiruvchi bildirishnomalar va kelgusi kunlar uchun ob-havo prognozini ko'rishingiz mumkin.






