Rejep Tayyip Erdo'g'on Toshkentga keldi

Prezident Rejep Tayyip Erdo'g'on Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan oliy darajadagi O'zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik Kengashining ikkinchi majlisida ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonlarni Shavkat Mirziyoyev va Ziroatxon Mirziyoyeva, shuningdek, tashqi ishlar vaziri o'rinbosari G'ayrat Fazilov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jayev, Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Olgan Bekar hamda ayoli Nurgul bekar va elchixonaning boshqa xodimlari kutib oldi.

Turkiya delegatsiyasi, shuningdek, Adliya vaziri Bekir Bozdag, Mudofaa vaziri Hulusi Akar, mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Vedat Bilgin va Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja ham keldi.