Rejep Tayyip Erdo'g'onning Samarqandga tashrifi

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'on ShHTning Samarqand sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Eslatib o’tamiz, Turkiya Yetakchisi so’nggi bor 2022-yilning 29-mart kuni rafiqasi bilan birga mamlakatimizga amaliy tashrifni amalga oshirgan edi. Samarali tashrif doirasida, O‘zbekiston-Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 9 ta hujjat imzolangan.






