Rejep Tayyip Erdo'gʼon Oʼzbekistonning oliy darajali «Imom Аl-Buxoriy» ordeni bilan taqdirlandi

“Hurmatli Rejep Tayyip Erdo’gʼan janobi oliylari! Sizlarni Samarqandda koʼrib turganimdan xursandman. Bugun tarixiy voqea. Bugun qardoshim Rejep Tayyip Erdo'gʼon Oʼzbekistonning oliy darajali "Imom Аl-Buxoriy" ordeni bilan taqdirlandi”, - Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Ayni damda Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʼzlamoqda.

“Xabaringiz bor, 2017 yili BMTning 72-sessiyasida ulugʼ bobomiz Imom Аl-Buxoriyning merosini oʼrganish haqida gapirgandim va oʼsha paytda Turkiya prezidenti, qardoshim Rejep Tayyip Erdo’gʼan bu fikrlarni qoʼllab-quvvatlagan edi. Oʼzbekistonda Imom Аl-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom universiteti faoliyat koʼrsatmoqda”.

“Ulugʼ ajdodimiz rivoyat qilgan hadisi sharifda: “amallar niyatlarga bogʼliqdir” deb taʼkidlanadi. Shu bois ham biz Oʼzbekistonda Imom Buxoriy bobomizning merosini chuqur oʼrganish uchun Samarqand zaminida ul zotning nomida xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va hadis ilmi maktabini tashkil etdik”.

“Oʼzbekiston xalqi Sizning qardosh ellarimiz oʼrtasidagi doʼstona aloqalarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqish, oʼzaro manfaatli loyihalarni samarali amalga oshirish borasidagi shaxsiy hissangizni yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi”

“Ishonchim komilki, umumiy til va madaniyatga, ajdodlarimizning boy merosiga, mushtarak intilishga asoslangan doʼstlik va qardoshlik munosabatlarimiz yanada ravnaq topadi”.