Rektor va talabalarning ochiq muloqoti

Toshkent shahridagi Inha universitetida rektor va talabalar o'rtasida ochiq suhbat bo'lib o'tdi. Unda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarni bevosita rahbariyatga berish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Tadbirda 70 dan ortiq talaba ishtirok etdi. Kadrlarni qayta tayyorlash, dasturlash bo'yicha kurslarni ochish, ta'lim jarayonlarini optimallashtirish masalalari ko'rib chiqildi.

Bundan tashqari, ochiq suhbat davomida talabalar bir qator takliflarni ilgari surdilar. Natijada universitet rahbariyati va talabalari ushbu formatdagi uchrashuvlarni davom ettirishdan o'zaro manfaatdorligini bildirdilar.