Respublika bo‘yicha harorat 10-13 darajagacha pasayadi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko‘ra, joriy yilning 4-5 noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston orqali Ural hududlari ustida shakllangan sovuq havo kirib keladi.

Kunduz kunlari havo harorati 3-8 daraja iliqni tashkil etsa, 5 noyabrda harorat kechasi 2-7 daraja sovuqgacha, shimolda 5-10 daraja sovuqgacha pasayadi. Respublikaning ayrim joylarida 4 noyabrda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.