Respublika bo‘ylab yer maydonlari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasida "O‘zdaverloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti mas’ul xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda pillachilikni rivojlantirish uchun davlat tomonidan ajratilgan tutzorlardan samarali foydalanish, tutzorlarda yo‘l qo‘yilgan noqonuniy holatlarni bartaraf qilish va qator oralarining holatini o‘rganish bo‘yicha tashkilotlar o‘rtasida qo‘shma qaror imzolandi.

Ushbu qaror negizida yil yakuniga qadar butun Respublikadagi tutzorlarni xatlovdan o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi. Xatlov natijasida uyushma tasarrufidagi yer maydonlari to‘liq nazoratga olinadi hamda noqonuniy egallab olish holatlari to‘liq bartaraf etiladi.