Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida o’tgan samarali uchrashuv

 
Joriy yilning 14 - dekabiridan “O'zekspomarkaz” milliy ko'rgazmalar markazida O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent Shahar hokimligi hamda Elektron kooperatsiya portali markazi hamkorligida “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi”si oʻz ishini boshladi. 
 
Yarmarka davomida Toshkent shahar hokimi Johongir Ortiqxodjayev bilan Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev kichik suxbat uyushtirdilar. 
 
Suxbat jarayonida Bright Uzbekistan loyihasining taqdimoti bo'lib o'tdi. Johongir Abidovich loyihani ijobiy baholab, unda ishtirok etish taklifini qabul qildilar.