Respublikada axborot va aloqa sohasida faoliyat koʼrsatayotgan korxonalar 12 063 tani tashkil etgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning 1-dekabr holatiga, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat koʼrsatayotgan korxonalar soni 12 063 tani tashkil etgan. 2022-yilda ushbu sohada 2 423 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

Ularning 2 410 tasi kichik biznes subyektlari hissasiga toʼgʼri kelgandi.

Аxborot va aloqa sohasidagi korxonalar eng koʼp yangi tashkil etilgan hududlar:

    Toshkent shahrida – 1060 ta;
    Samarqand viloyatida – 201 ta;
    Fargʼona viloyatida – 193 ta;
    Toshkent viloyatida – 139 ta.