Respublikadagi korxonalar soni 1 avgustga qadar

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021-yil 1-avgustda respublikada faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning (fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari) umumiy soni 520 337 ni tashkil etdi.

O'tgan yilning mos davriga nisbatan bu raqam 118,1 foizni tashkil etadi.

Faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning umumiy sonidan 88,0 foiz (458 042 ta) tadbirkorlik subyektlarini tashkil etdi.
Eng ko'p korxona va tashkilotlar Toshkent shahrida – 104 794 ta bo'lib, ularning umumiy sonining beshdan bir qismini tashkil etadi.