Respublikamizda roʼyxatdan oʼtgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona-tashkilotlar soni 14 109 tani tashkil etmoqda

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yil 1-aprel holatiga respublikamizda roʼyxatdan oʼtgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 109 tani tashkil etib, ulardan 13 656 tasi faoliyat yuritmoqda.

Faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 1 417 taga oshgan.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʼrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimidagi soni:

Rossiya – 2 390 ta
Xitoy – 1 967 ta
Turkiya – 1 961 ta
Qozogʼiston – 1 109 ta
Koreya – 890 ta

Xorijiy kapital ishtirokida 2022-yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimidagi soni:

Rossiya – 107 ta
Turkiya – 95 ta
Qozogʼiston – 46 ta
Xitoy – 45 ta