Respublikamizdagi 8 ta OTM Osiyodagi TOP 1000 talikka kiritildi

Nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti “QS Asia University Rankings 2023” natijalarini eʼlon qildi. QS ning bugungi kunda oʼz ichiga 760 ta eng kuchli Osiyo universitetlarini qamrab olgan.
Unga koʼra, ilk bor respublikamizning 8 ta oliy taʼlim muassasasi TOP 1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari roʼyxatiga kiritildi.
Shuningdek, reytingni shakllantirishda asosiy koʼrsatkichlar sifatida akademik va ish beruvchining obroʼsi, PhD darajasiga ega boʼlgan xodimlar soni hamda xalqaro talabalar ulushi kabi meʼzonlar birinchi marotaba kiritildi.






