Richard Gir ukrainaliklarga yordam berish uchun kabrioletini sotuvga qo‘ydi

Gollivud aktyori Richard Gir ukrainaliklarga yordam berish uchun o‘zining 1999-yilda ishlab chiqarilgan “Jaguar XK8” kabrioletini sotuvga qo‘ydi. Lot “Bring a Trailer avto” auksionida taqdim etilgan.

Hashamatli avtomobil 4 litrli dvigatel va besh bosqichli avtomat uzatmaga ega. Umumiy masofasi 48,2 ming km.

“Sotishning barcha summasi Ukrainadagi urush qurbonlariga yordam beruvchi notijorat tashkilotlari bo‘lgan “World Central Kitchen” va “Open Arms Ukraine” o‘rtasida teng taqsimlanadi”, — deyiladi auksion lotining tavsifida.