Riga shahrida O'zbekiston tovar-xomashyo birjasining birinchi savdo maydonchasi ochildi

Riga shahrida "UZEX" nomi ostida O'zbekiston tovar-xomashyo birjasining birinchi savdo maydonchasi ochildi. "UZEX"ga Latviyaning "Shipleart" MChJ (AP Holding) kompaniyasi asos solgan.

Savdo maydonchasining ochilish marosimida O'zbekistonning Latviyadagi elchisi Kadambay Sultonov, UZEX raisining birinchi o'rinbosari Zulfiddin Kamalov va AP Holding kengashi raisi Aleksandr Petrov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Ekspertimiz fikriga ko'ra, Rigadagi yangi savdo maydonchasi Latviya va Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadigan tovar aylanmasi hajmini oshirishga xizmat qiladi, shuningdek, O'zbekistonda talab qilinadigan bir qator oziq-ovqat mahsulotlarining import narxlarini barqarorlashtirishga hissa qo'shadi.