Rimning "Roma" futbol klubi O'zbekiston futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

"Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodovni sotib olish uchun "Roma" 17,5 million yevro to'ladi. Shartnoma 2026 yil iyun oxirigacha amal qiladi. Eldor 14 -raqam ostida o'ynaydigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Shomurodov 2020 yilda "Rostov" dan "Jenoa" ga ko'chib o'tgan. Hujumchining transfer narxi 7,5 million yevroni tashkil qilgan. Eldorning "Jenoa" klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qilgan edi.
2020/2021 yilgi mavsumda 26 yoshli hujumchi Italiya A Seriyasida 31 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt internet portali Shomurodovni 7 million yevroga baholamoqda.






