Ringga ko‘tarilgan 11 vakilimizdan 10 tasi finalda

Bangkokda o‘tayotgan boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun ajoyib natijalarga boy bo‘lmoqda. Yigitlar o‘rtasidagi yarim final janglari yakunlandi. Ringga ko‘tarilgan 11 vakilimizdan 10 tasi o‘z jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Qayd etilishicha, ushbu jamoa O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi eng ko‘p final yo‘llanmasiga ega bo‘lgan jamoaga aylandi.