Koreya bilan kelishuvlar ijrosini ta'minlashga qaratilgan «yo'l xaritalri»

2022-yilning 2-avgust kuni Oliy Majlis Senatining Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo'yicha komissiyasiyasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tmoqda.

Majlisni Senat Raisi, Komissiya raisi T.Narbayeva olib bormoqda.

Majlisda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-dekabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʼrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ–67-sonli qarori bilan tasdiqlangan amaliy harakatlar rejalari (“yoʼl xaritalari”) ijrosining borishi koʼrib chiqilmoqda.

Bugungi Majlisda O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Energetika vazirligi, Madaniyat vazirligi va Savdo-sanoat palatasi vakillari ishtirok etib, har sohada yuzaga kelayotgan muammolar va ijrosi kechikayotgan masalalar tanqidiy tahlil qilinmoqda.