«Robotics Challenge-2022» robototexnika musabaqasiga start berildi

“InnoWeek.Uz-2022” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida bugun, 19-oktabr kuni INNO Texnoparkda “Robotics Challenge-2022” robototexnika musobaqasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Ochilish marosimida Saudiya Arabistonining KAUST universiteti Prezidenti Tonny Chan ishtirok etdi.
"InnoWeek" doirasida har yili an'anaviy tarzda o'tkaziladigan “Robotics challenge-2022” tanlovida bu yil 150 ga yaqin yoshlar - 2 xil toifada, 3 xil yo'nalish bo'yicha bellashadilar.
Musobaqa 3 kun davom etadi va 21-oktabr kuni bo'lib o'tadigan taqdirlash marosimida har bir yo'nalish bo'yicha g'olib deb topilgan yoshlar sovg'alar bilan taqdirlanadi.






