Rolls Royce xodimlariga qo’shimcha 2000 funt sterling to'laydi

Rolls Royce kompaniyasining 14 000 dan ortiq xodimlariga Buyuk Britaniyada yashash narxi oshishiganligi sababli 2000 funt sterling miqdorida bir martalik to'lov to’lab beriladi.

To'lov asosan kompaniyaning Derbi va Bristol taraflarda joylashgan kichik boshqaruv va do'kon xodimlari uchun yo'naltiriladi, dedi ishlab chiqaruvchi.

Bir martalik toʻlov avgust oyidagi maoshlar bilan 3000 nafar xodimga toʻlana boshlaydi.

Qolgan 11 000 kasaba uyushma ishchilari to'lovni kasaba uyushmalari ma'qullaganidan keyingina olishlari mumkin bo’ladi.

Bu tashabbus bir nechta kompaniyalar xodimlarga o'sib borayotgan xarajatlarni yengishda yordam berish choralarini e'lon qilganidan keyin amalga oshirildi. Sababi, energiya to'lovlari tinimsiz o'sishda davom etmoqda va Buyuk Britaniyadagi inflatsiya 40 yillikdagi eng yuqori darajaga yetdi.

Rolls Royce vakili BBCga kompaniyaning Buyuk Britaniyadagi xodimlarining 70 foizi to‘lovni olishini aytdi va kompaniya "do‘kon xodimlariga kamida o‘n yillikdagi eng yuqori yillik maoshni oshirishni taklif qilishini" qo‘shimcha qildi.

Kasaba uyushmalari bilan 2022-2023-yillar uchun ish haqini to'lash bo'yicha munozaralar davom etmoqda va yashash narxi masalasi bu muzokaralarda asosiy omil bo'lishi kerak, dedi kompaniya matbuot kotibi.

Matbuot kotibi, shuningdek, BBCga 11,000 kasaba uyushma a'zolariga mart oyidan boshlab ish haqini 4 foizga oshirish taklif qilinishini qo'shimcha qildi.