«Rolls-Royce»ning 120 yillik tarixidagi rekord

Britaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce Motor Cars kompaniyasi 2022-yilda jami 6021 ta avtomobil sotdi. Qayd etilishicha, bu bir yil oldingiga nisbatan 8 foizga ko’p ko’rsatkichni tashkil etgan va kompaniyaning deyarli 120 yillik tarixidagi rekord bo’lgan.

Shuningdek, kompaniya o’z mahsulotlariga talab kuchliligicha qolayotganini, mijozlar “o’zlarining noyob Rolls-Royce avtomobillari uchun yarim million yevro to’lashga tayyor” ekanligini va yangi avtomobillarga oldindan buyurtmalar 2023-yil uchun deyarli amalga oshirib bo’linganini ta’kidlagan.

Oldindan berilgan buyurtmalar sonining ko’pligini, jumladan, 2023-yil oxiriga kelib sotuvga chiqariladigan yangi Spectre birinchi to‘liq elektr modelini hisobga olgan holda, kompaniya joriy yilda ham sotuvlar o’sishini prognoz qilmoqda.

Manbaalarga ko’ra, 2022-yilda butun dunyo bo’ylab talab eng katta bo’lgan model - Rolls-Royce Cullinan va Ghost bo’lgan.