Ronaldu 5 ta Jahon Chempionatida gol urgan tarixdagi ilk futbolchi bo’ldi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH—2022 1-turi doirasida kechgan Ganaga qarshi uchrashuvda (3:2) gol muallifiga aylandi. Bu futbolchi uchun mundiallardagi 8-gol edi. Ta’kidlash joizki, Krishtianu Diyego Maradona, Rudi Fyoller va Rivaldoga yetib oldi, Lionel Messini (7) esa ortda qoldirdi.
Krishtianu 5 ta mundialda gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Portugaliyalik futbolchi bu borada to‘rtta Jahon Chempionatida to‘p kiritgan Pele (Braziliya), Uve Zeyeler, Miroslav Kloze (ikkisi Germaniya) va Messidan (Argentina) o‘zib ketdi.






