Ronaldu behayo ishora uchun Saudiya Arabistonidan deportatsiya qilinishi mumkin

Saudiya Arabistoni advokati Nuf Bint Ahmad “Al-Nasr” futbolchisi Krishtianu Ronalduga qarshi da’vo arizasi prokuraturaga topshirilganini ma’lum qildi.
Advokat Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi “Al-Hilol” jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng raqib maydonida futbolchining xatti-harakatiga e’tibor qaratdi. Mezbonlarning muxlislari Ronalduni “Messi! Messi!” deb baqirib g‘azablantira boshlashgan, bunga javoban portugaliyalik behayo ishora ko'rsatgan.
"Al-Hilol muxlislari Ronalduni g'azablantirgan taqdirda ham u javob qaytarmasligi kerak edi. Ronalduning xatti-harakati jinoyat hisoblanadi. Uning jamoat oldida odobsizligi xorijlik tomonidan sodir etilgan bo'lsa, hibsga olish va deportatsiya bilan jazolanishi mumkin bo'lgan jinoyatlardan biridir", - deb yozadi advokat ijtimoiy tarmoqlarda. .
“Biz bu borada prokuraturaga ariza beramiz”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Uchrashuv 2:0 hisobida “Al-Hilol” foydasiga hal bo'ldi.
Ronaldu “Al Nasr”ga 2022-yil dekabr oyida o‘tgan. Saudiya Arabistoni chempionatining 11 uchrashuvida u 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.






