Rossiya-AQSh: muammolarni diplomatik ravishda hal etish eng yaxshi yechim

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Antoni Blinken o'rtasida Jenevada bo'lib o'tgan muzokaralardan so'ng AQSh va Rossiya yangi uchrashuv o'tkazishni rejalashtirayotgani ma'lum bo'ldi.
Bu Moskva Vashingtonning xavfsizlik kafolati bo'yicha yozma takliflarini qabul qilganidan keyin amalga oshishi kerak. Jenevada Lavrov AQSh qo'rquviga zid Rossiya Ukrainaga hujum qilmoqchi emasligini takrorladi.
Ukraina atrofidagi vaziyatni diplomatik yo'l bilan hal qilish kerak, aks holda bu xalqaro qonunlarga ziddir. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterres ma'lum qildi:
"Shubhasiz, mening murojaatim shuki, bu vaziyatga harbiy aralashuv bo'lmasligi kerak. Muammolarni hal qilishning yo'li diplomatiya deb hisoblayman. Albatta, har qanday mamlakatning boshqa mamlakatga bostirib kirishi xalqaro huquqqa ziddir. Umid qilamanki, bu hozirgi sharoitda sodir bo'lmaydi. Ishonchim komilki, bu sodir bo'lmaydi va umid qilamanki, men haqman."
AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Jon Kirbining xabar berishicha, Amerika Qo'shma Shtatlari Rossiya-Ukraina chegarasida Rossiya harbiylari borligini ko’rmoqda. "Biz bundan xavotirdamiz, ammo diplomatik yechim uchun hali imkoniyatlar borligiga ishonamiz", - deya ta’kidlagan Kirbi.
Bir kun avval G‘arbiy harbiy okrugi qo‘shma qurolli armiyasi muhandislari Ukraina bilan chegaradosh Voronej viloyatida mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Ularga 500 dan ortiq harbiy xizmatchilar jalb qilingan. Mashqlar o'tkaziladigan hudud G'arb davlatlarini xavotirga solmoqda.






