Rossiya eksport markazi qardosh mamlakatlarda o‘z vakolatxonalarini kengaytirishda davom etmoqda

Rossiya eksport markazining nomoliyaviy mahsulotlar va xorijiy tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha boshqaruvchi direktori Kseniya Tagirovaning aytishicha, Armanistonda vakolatxona may oyida o‘z faoliyatini boshlagan, hamda joriy yil davomida Eronda ham vakolatxona ochilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya eksport markazining xorijiy tarmog‘iga O‘zbekiston, Xitoy, Vetnam, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkiya, Belarus, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari va Tojikiston kabi o‘nta davlatdagi vakolatxonalar kiradi.






