Rossiya etnografik muzeyida an'anaviy o'zbek kashtasi va matolari ko'rgazmasi ochildi

Joriy yil 30-avgustdan 31-dekabrga qadar Sankt-Peterburgdagi Rossiya etnografik muzeyida “O‘zbekiston ipaklari: an’anaviy kashtalar va matolar” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda.

Ko'rgazma ilk bor muzeyning boy “o'zbek” kollektsiyasining muhim qismini namoyish etadi. Tashrif buyuruvchilar o'zbek oilalarida to'y va boshqa bayramlarga tayyorlangan an'anaviy kashtado'zlik buyumlari: devor tokchalari uchun pardalar, ko‘rpa-to‘shaklar va bolalar beshigi, to'y sochiqlar, joy namozlarni ko'rishlari mumkin.