Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi

 
2021 yil 17 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasida tashkil etilgan Axborot markazida matbuot anjumani o‘tkazildi.
 
Unda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
 
Axborot markazida o‘z faoliyatini olib borish uchun dunyoning 21 mamlaktidan 1372 mingga yaqin OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.
 
Shuningek, 40 ta xorijiy OAV vakillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya Markaziy saylov komissiyasida ovoz berish jarayonlari haqida ma’lumot olishmoqda.
 
1400 dan ortiq OAV vakillari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov uchastkalarida, 13 mingdan ziyod jurnalistlar esa hududlarda o‘z faoliyatini olib borish maqsadida akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.
 
Takidlash joiz, Axborot markazida mahalliy va chet davlatlardagi Rossiya fuqarolari tomonidan ishonch telefonlariga kelib tushayotgan savollarga soha mutahassislari tomonidan javob qaytarilmoqda.