Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin Samarqandga keldi

Ma’lum qilinishicha, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin 1-dekabr kuni Samarqandga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Oʼzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qoʼshma komissiyaning navbatdagi majlisini oʼtkazish, Oʼzbekiston – Rossiya ishbilarmonlar forumida ishtirok etish koʼzda tutilgan.
Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Oʼzbekiston Bosh vaziri Аbdulla Аripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tadbirning asosiy voqealari bugun, 2-dekabr kuni boʼlib oʼtadi.






