Rossiya kompaniyalarining aksiyalari birjada jadal pastlamoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassdagi vaziyat sababli harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qilishi Rossiyaning yirik kompaniyalari aksiyalarining narxi tushishiga olib keldi.

Biroz avval Moskva va Sant-Peterburg birjalari yopilganligi e’lon qilingan edi.

Ma’lumotlaga ko’ra, aksiyalari narxi tushgan kompaniyalar qatorida Gazprom, Ozon, Sberbank, Polyus, Nornikel kabi gigantlar ham mavjud. Jumladan, Gazprom aksiyalari 11.50%ga, Sberbank aksiyalari 28%ga, Ozon aksiyalari 24.74%ga va Nornikel aksiyalari 12.39%ga arzonlagan.