Rossiya mayning bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi

2023-yilning dastlabki uch oyida Rossiya mayning bo'yicha ikkinchi o'ringa ko'tarildi. Bu haqda BitRiver ma'lumotlariga tayanib, Kommersant xabar berdi.

Yanvar-mart oylari natijalariga ko'ra, Rossiya birinchi marta kriptovalyuta ishlab chiqarishga jalb qilingan quvvat miqdori bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinni egallagan — 1 GVt.

Mayning boʻyicha yetakchi hali ham 3-4 GVt quvvatga ega bo'lgan Amerika Qo'shma Shtatlari hisoblanadi.

Avvalgi yillarda Rossiya uchinchi o'rinni egallab kelgan. BitRiver tahlilchilariga ko'ra, Qozog'istonda mayning bilan shugʻullanish uchun qoʻyilgan cheklovlar va Xitoyda elektr taqchilligi sabab u reytingda yuqorilagan.

AQSHda ham quvonarli holat emas. Soliq imtiyozlarining olib tashlanishi, elektr energiyasi narxining oshishi va tartibga soluvchilarning cheklovchi harakatlari tufayli mamlakatda kriptovalyuta bozori o'sishi sekinlashishi kutilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida shuni taʼkidlash lozimki, O'zbekistonda faqatgina yuridik shaxslargina quyosh energiyasidan foydalanib, mayning bilan shugʻullanishi mumkin. Agar maynerlar yagona elektr tarmog'iga ulanadigan bo'lsa, uning uchun ikki baravar ko'p miqdorda to'lovni amalga oshirishi kerak.