Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning O'zbekistonga tashrifi

Sergey Shoygu O'zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan muzokara o'tkazish maqsadida Buxoroga tashrif buyurdi.

Viloyat hokimi Botir Zaripov va General-leytenant Bahodir Qurbonov yuqori martabali mehmonlarni kutib olishdi.

Tashrif chog'ida harbiy bo’linmalarning rahbarlari mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalarini ko'rib chiqadilar, shuningdek, ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning keyingi rejalarini muhokama qiladilar.

Bundan tashqari, Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiya Buxoroning diqqatga sazovor joylarini, xususan, “Sitorai Moxi-xosa” majmuasi va Labi-Xovuz me'moriy ansambliga tashrif buyurishdi.