Rossiya Oʼzbekistonga АI-80 benzinini yetkazib berishni boshladi

Koʼplab isteʼmolchilar gaz taqchilligi tufayli benzinga oʼta boshlagani sababli Respublikada АI-80 markadagi benzinga talab ortdi.
Qayd etilishicha, mahalliy yoqilgʼi yetarli boʼlmagani tufayli “Oʼzbekneftgaz” kompaniyasi benzinni, Rossiyadan import qila boshladi.
Ma’lum bo’lishicha, bir necha yil avval Rossiya va Qozogʼiston АI-80 ishlab chiqarishni toʼxtatgan edi. Bugungi kunda yoqilgʼi faqat tadbirkorlarning maxsus buyurtmasi asosida ishlab chiqarilmoqda.






