Rossiya O‘zbekistonga aviaqatnovlarni ko‘paytirdi

Joriy yil 5-oktyabrdan boshlab Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar soni ikki taraflama asosda ko‘paytiriladi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha reyslar yo‘lga qo‘yiladi:
Moskva - Toshkent (haftasiga 4 tagacha reys);
Moskva - Buxoro (haftasiga 2 ta reys);
Moskva - Samarqand (haftasiga 2 ta reys);
Moskva - Urganch (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Namangan (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Farg‘ona (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Andijon (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Termiz (haftasiga 1 ta reys).
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlardan oldin chet davlatlar fuqarolari bo‘lgan yo‘lovchilarga koronavirusdan himoyalanish uchun emlanish tavsiya qilingan.
Shuningdek, yaqinda mehnat migrantlari uchun O‘zbekistondan Rossiyaga poyezdlar tashkillashtirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan edi.






