Rossiya Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonga qo’yilgan sayohat cheklovlarini bekor qildi

2022-yil 30-mart kuni Moskva vaqti bilan soat 00:00 dan boshlab Qozog‘iston fuqarolarining Rossiya hududiga kirishi va Rossiya fuqarolarining Rossiya-Qozog‘iston chegarasining quruqlikdagi qismi orqali Qozog‘istonga chiqishiga qo’yilgan cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ma’lumotlarga ko’ra, bu O‘zbekistondan Rossiyaga avtomobilda borish imkonini beradi, chunki avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi barcha quruqlikdan o‘tish punktlarida ikki davlat fuqarolari uchun barcha cheklovlar olib tashlangani xabar qilingan edi.