Rossiya Samarqandda konsullik idoralarini ochadi

Ma’lum qilinishicha Rossiya Aktau, Kankun, Grodno va Samarqandda konsullik idoralarini ochmoqda.
Shuningdek, manbalarda keltirilishicha, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik departamenti direktori Ivan Volinkin hozirda Rossiyaning Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va eng muhimi, MDHdagi elchixonalari xodimlari sonini tubdan oshirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ta’kidlagan.






