Rossiya-Ukraina muzokaralari 1 aprel oyida davom etadi

Inqiroz hal qilish uchun Rossiya-Ukraina muzokaralar 1 aprel kuni onlayn bo'lib o'tadi deya, Ukraina delegatsiyasi a'zosi, "Xalq xizmatchisi" fraksiyasi raisi David Araxamiya o'z telegram kanalida xabar berdi.
Araxamiya, shuningdek, bir hafta ichida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan keyingi uchrashuv uchun tayyorgarlik ko'rishga umid qilayotganini aytdi.
Ukraina tomon, ushbu uchrashuv Rossiya yoki Belarus hududida bo'lib o'tiishi kerak emasligini ham ta'kidlab o'tdi.
Ma'lumki, 29 mart kuni tomonlar Dolmabahche saroyida Istanbulda uchrashishdi. Moskva va Kiev katta yutuqlarga erishganini aytdi.






