Rossiya va Аrmaniston oʼzaro hisob-kitoblarda dollardan voz kechishi mumkin

Lavrov Armaniston bilan savdo aylanmasini dollarda emas, boshqa valyutalarda hisoblashga chaqirdi.
Rossiya va Armaniston o'rtasidagi savdo aylanmasini dollarda emas, balki "boshqa valyutalarda hisoblash" yaxshiroqdir. Bu haqda 8-aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’kidlab o‘tdi.
"Oʻtgan yili tovar ayirboshlash hajmi 2,6 milliard dollardan oshdi. Balki boshqa valyutalarda ham hisoblashimiz kerak, bu borada keyinroq muzokaralar olib boramiz ", deya qayd etdi Lavrov.






