Rossiya va Oʼzbekiston o‘rtasidagi hamkorligining yangi tarixiy bosqichi

“Rossiya va Oʼzbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusida xalqaro anjuman boʼlib oʼtdi.
Tadbirda Oʼzbekiston va Rossiya tashqi siyosat mahkamalari rasmiylari, Oliy Majlis aʼzolari, shuningdek, 50 nafardan ortiq iqtisodiy tahlilchi va ekspert ishtirok etdi.
Tadbirda oʼzbekistonlik va rossiyalik ekspertlarning ikki tomonlama formatdagi ikkinchi uchrashuvi boʼlib, unda Oʼzbekiston – Rossiya oʼrtasidagi siyosiy, diplomatik munosabatlar, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalar rivoji yuzasidan fikr almashildi.
Аnjumanda Oʼzbekistonning Markaziy Osiyo barqaror rivojlanishiga taʼsiri, mintaqaviy xavfsizlikka doir tahdidlar, bu sohalarda oʼzaro manfaatli hamkorlik masalalari ham koʼrib chiqildi.






